Abduqodir Husanovning transfer narxi oshdi

207

“Transfermarkt” portali APL futbolchilarining transfer narxini yangiladi. Unga ko‘ra, legionerimiz Abduqodir Husanov 35 million yevroga baholandi. Himoyachimizning narxi birdaniga sezilarli darajada — 23 million yevroga yuqoriladi.

Natijada hamyurtimiz Angliya Premer-ligasining eng ko‘p narxi oshgan futbolchilar ro‘yxatida to‘rtinchi o‘rin bo‘ldi. Ushbu jadvalda narxi 100 million yevro bo‘lgan Aleksander Isak peshqadamlik qilmoqda. Uning ortidan esa Itan Nvaneri (Arsenal) 55 million yevro bilan bormoqda.

Isak va Nvanerining yangilangan narxi eskisidan ko‘ra 25 million yevroga ko‘tarilganini ta’kidlab o‘tish lozim. Shuningdek, APLda narxi qimmatlashgan futbolchilar orasida uchinchi o‘rin Din Xyoysen (Bornmut) bormoqda. Uning “Transfermarkt” portalidagi narxi 42 million yevroni tashkil etmoqda.

Abduqodir Husanovning yangilangan trasnfer narxiga oid yana bir ajoyib statistikani e’tiboringizga havola qilmoqchimiz. Aniqroq aytadigan bo‘lsak, futbolchimizning narxi qimmatlashgandan so‘ng, Osiyoning bir nechta yetakchi terma jamoalari — Qatar (23.13 mln yevro), Avstraliya (23.75 mln), BAA (30.65 mln) va Saudiya Arabistoni (30.65 mln) kabi yana 9 mamlakat terma jamoalarini ortda qoldirdi.

Abduqodir Husanov hozirda Osiyoning ikkinchi eng qimmat markaziy himoyachisiga aylandi. U faqatgina “Bavariya“ jamoasining koreyalik futbolchisi Kim Min Jayedan (45 million yevro) ortda qolmoqda. Bundan tashqari, A.Husanov qit’amizning barcha eng qimmat futbolchilari orasida to‘rtinchi o‘ringa chiqib oldi.

Shuningdek, A.Husanovning yangilangan transfer narxidan so‘ng O‘zbekiston milliy terma jamoasining umumiy qiymati 70 million yevroga yetdi. Natijada terma jamoamiz qit’adagi eng qimmat uchinchi terma jamoaga aylandi.

Ma’lumot o‘rnida: Abduqodir Husanovning “Transfermarkt” portalidagi eski narxi 12 million yevro edi. Darvoqe, futbolchimiz ayni kunlarda O‘zbekiston milliy terma jamoasi bilan Qirg‘iz Respublikasi (20 mart) va Eronga (25 mart) qarshi uchrashuvlar uchun tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA