VII Toshkent xalqaro marafoni yuqori saviyada o‘tkaziladi

218

Joriy yilning 13 aprel kuni poytaxtimizdagi “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida VII Toshkent xalqaro marafoni o‘tkaziladi.

Ushbu yirik sport anjumanining sovrin jamg‘armasi 639 million so‘mni tashkil etmoqda.

Musobaqa doirasida dastlab 12 aprel kuni “Magic City” ko‘ngilochar bog‘ida “Kids Run”, “Nordic walking” yugurish musobaqalari bo‘lib o‘tadi.

Marafonning asosiy starti 13 aprel kuniga belgilangan bo‘lib, ishtirokchilar klassik marafon (42 km.), yarim marafon (21 km.), 3 va 10 km. masofaga yugurish musobaqalarida o‘zlarini sinab ko‘radi.

VII Toshkent xalqaro marafonida ishtirok etishni istaganlar 2 aprel kuniga qadar Yugur.uz (https://yugur.uz/) va Perfend.com (https://perfend.com/) platformalarida ro‘yxatdan o‘tishlari lozim. Darvoqe, ishtirok etish uchun to‘lov 100 ming so‘mdan 350 ming so‘mgacha etib belgilangan.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA