Davlat dasturi ijrosi prokuratura nazoratida

Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi tomonidan Prezidentimizning 2024 yil 23 sentyabrdagi “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi ustidan tizimli nazorat o‘rnatilgan.
Dastur asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasida 89 ta fuqarolar yig‘inida aholi tomorqasini suv bilan ta’minlash maqsadida, dastlabki qiymati 198,4 milliard so‘m bo‘lgan 929,9 kilometr sug‘orish tarmog‘ini, 33 ta sug‘orish qudug‘ini, 219 dona nasos agregatini, 1,8 kilometr lotok qurish va rekonstruksiya qilish, 54,1 kilometr quvur tortish ishlarini amalga oshirish belgilangan.

Davlat dasturi ijrosi yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori o‘rinbosari T.Nurmetov tomonidan sohaga mas’ul vazirliklar, buyurtmachi va pudratchi tashkilotlar vakillari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.
Unda mas’ullarni dasturga kiritilgan ob’ektlarda qurilish-ta’mirlash ishlari bo‘yicha loyiha – smeta hujjatlari sifatli ishlab chiqilishi va ajratilgan mablag‘lar maqsadli va samarali yo‘naltirilishi, qurilish – montaj ishlarining sifatli bajarilishi va shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilishi xususida ogohlantirildi.

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri