AQSH Rossiyaga qarshi sanksiyani kuchaytirmoqda

211

Kecha AQSH Prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Rossiya moliya institutlari bilan energiya uchun to‘lov amalga oshirishga ruxsat beruvchi litsenziya muddati tugaganini ma’lum qildi. Bu haqda “Kazinform” agentligi “Global Banking” xizmatiga tayanib yozgan.

G‘aznachilik vakili so‘zlariga ko‘ra, rejalashtirilganidek, “8L bosh litsenziyasi” 12 mart kunidan kuchini yo‘qotgan. Endi “Sberbank”, VTB va RF Markaziy banki AQSH to‘lov tizimiga kira olmaydi. Bundan tashqari “Gazprom neft” va “Surgutneftegaz” energetika kompaniyalari, shuningdek Rossiya neftini tashuvchi 183 kema, jumladan G‘arbga qarashli bo‘lmagan kompaniyalar tomonidan boshqariladigan eskirgan tankerlar xufiya floti bilan ham dollar amaliyoti taqiqlanadi.

Energetika siyosati bo‘yicha tadqiqot guruhi “ClearView Energy Partners” ruxsatnoma muddati tugashi ba’zi uchinchi davlatlar jarayon qiyinlashishi munosabati bilan, ehtimol, RF nefti xaridini to‘xtatishi mumkinligini taxmin qildi.

Eslatib o‘tamiz, Bayden ma’muriyati 2022 yil fevralda neft narxi global miqyosda oshishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun energiya amaliyoti bo‘yicha litsenziya joriy etgan.

Avvalroq Rossiya tomoni harbiy harakatni to‘xtatish bo‘yicha taklifga roziligi, biroq muayyan shartlari borligi haqida xabar qilgan.

S.Rahimov, O‘zA