Rossiya – Belarus: xavfsizlik kafolati shartnomasi kuchga kirdi

215

Kecha Prezident Aleksandr Lukashenkoning Moskvaga tashrifi doirasida Rossiya va Belarus o‘rtasida Ittifoq davlati hududida xavfsizlik kafolati to‘g‘risidagi shartnomani imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur hujjatda ikki davlat xavfsizligiga tahdid paydo bo‘lganda zarur chora-tadbirlar amalga oshirish bo‘yicha o‘zaro kafolat mustahkamlangan.

Majburiyatni bajarish xavfsizlikka hujumning oldini olish uchun boshqa davlatlar va xalqaro huquq doirasidagi boshqa sub’ektlar bilan munosabati imkoniyatidan foydalanish, nafaqat sodir etilgan, balki amalga oshirilishi tahdidi yuzaga kelgan bosqinchilik harakatiga nisbatan javob choralarini ko‘rish, shuningdek muayyan vaziyatda zudlik bilan zarur harbiy, harbiy-texnik va boshqa shaklda yordam ko‘rsatishni nazarda tutadi.

BelTA davlat axborot agentligi yetakchilar qo‘shma bayonotidan quyidagi iqtibosni keltirgan:

– Tomonlar Ittifoq davlatining umumiy mudofaa maydoni doirasida Belarus va Rossiya xavfsizligini mustahkamlash maqsadida zamonaviy chaqiriq hamda tahdidlarga samarali javob berish bo‘yicha birgalikdagi sa’y-harakatlarni davom ettiradi.

Nashr ta’kidlashicha, kelishuv ko‘zda tutadigan keng qamrovli hamkorlik mavjud harbiy-siyosiy muammolarga mos keladi.

S.Rahimov, O‘zA