Tinchlik o‘rnatilishi kutilayotgan bir paytda…

221

RF harbiylari Ukraina kuchlari tomonidan egallab olingan Kursk viloyatidagi muhim shahar Suja qayta olinganini ma’lum qildi. Avvalroq Kreml bu Ukrainani chegara orqali kirib kelingan hududdan chiqarish amaliyoti yakuniy bosqichi ekanini aytgandi.

BBC  yozishicha, Putin chorshanba kuni kutilmaganda Kurskga bordi. Ukraina armiyasi rahbari Aleksandr Sirskiy ham qo‘shinning bir qismi Kurskdan olib chiqilayotganini tasdiqladi.

Ayni voqea AQSH rasmiylari Ukraina bilan 30 kunlik sulh bitimini muhokama qilish uchun Rossiyaga jo‘nab ketayotgan payt sodir bo‘ldi.

Prezident Vladimir Zelenskiy mamlakat sheriklar bilan tinchlik yo‘lida “iloji boricha tezroq” ishlashga “qat’iy tayyorligi”ni bildirgan.