Buyuk Britaniya Rossiyaga javob berdi
Shu hafta Moskvadagi elchixonaning ikki xodimi chiqarib yuborilishiga javoban, Buyuk Britaniya rossiyalik diplomat va turmush o‘rtog‘ining akkreditatsiyasini bekor qildi, deb yozdi “Euronews” nashri.
Qirollik Tashqi ishlar, Hamdo‘stlik va taraqqiyot idorasi (FCDO) Rossiya ikki nafar britaniyalik diplomatni josuslikda ayblab, ularga mamlakatni tark etishi uchun ikki hafta muhlat bergach, “zudlik bilan tegishli chora ko‘rilayotgani”ni bildirib, qo‘yilgan ayblovlarni “yomon niyatli va asossiz” deya ta’rifladi.
RFning Buyuk Britaniyadagi Favqulodda va muxtor elchisi Andrey Kelin FCDO idorasiga chaqirilib, mamlakatdan chiqib ketishi kerakligi haqida ogohlantirilgan, lekin hech qanday muddat belgilamagan.
– So‘nggi 12 oy ichida Rossiya Britaniya diplomatlariga nisbatan tobora tajovuzkor va muvofiqlashtirilgan ta’qib kampaniyasi olib boryapti, – deyilgan FCDO bayonotida.