YeI 27 davlatidan 26 tasi Kiyev xavfsizligini ta’minlashga kelishib oldi

Sammit yakunida Yevropa Ittifoqi tarkibidagi 27 davlatdan 26 tasi yetakchilari Ukraina uchun xavfsizlik kafolatini ta’minlash bo‘yicha ishni davom ettirishga kelishib olgan.
– Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar keng qamrovli, adolatli va mustahkam tinchlik bo‘yicha muzokara natijasida xalqaro huquq me’yoriga muvofiq, o‘z vakolati va imkoniyatidan kelib chiqqan holda xavfsizlik kafolatiga hissa qo‘shishni davom ettirishga tayyor, – deyilgan shu haqdagi bayonotda.
Shuningdek, ular “Ukrainaning Qurolli kuchlarini tayyorlash va jihozlashga hissa qo‘shish hamda harbiy tizimini yanada qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish, ushbu davlatning Yevropa mudofaa sanoati bilan hamkorligini chuqurlashtirish bo‘yicha ishlarni faollashtirish”ga va’da bergan.