Eldor Shomurodov “Roma” tarkibida o‘tgan oyning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘ldi

Rim shahrining “Roma” klubi Italiya A Seriyasida o‘tgan yilning 15 dekabr kunidan buyon mag‘lub bo‘lmasdan kelmoqda. Klaudio Raneri shogirdlarini taslim qilgan oxirgi jamoa “Komo” bo‘ladi.
“Roma” o‘sha mag‘lubiyatdan beri jami yettita g‘alaba va uchta durang qayd etdi. Biz uchun quvonarlisi, hamyurtimiz Eldor Shomurodov muvaffaqiyatli o‘tgan ushbu o‘yinlarning ayrimlarida maydonga tushdi va “Roma” jamoasining asosiy o‘yinchilaridan biriga aylandi.
Shuningdek, O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov fevral oyida ko‘rsatgan ajoyib o‘yinlari natijasida o‘tgan oyning eng yaxshi futbolchisiga aylandi. Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, Eldor Shomurodov jami mavsum davomida 23 ta uchrashuvda qatnashib, umumiy hisobda 742 daqiqa o‘ynadi va to‘rtta gol, uchta samarali pas muallifi bo‘ldi.
Endi Yevropa kuboklari yo‘llanmasi uchun kurashayotgan jamoalarga yetib olgan “Roma” A Seriyaning navbatdagi turida “Komo”ga qarshi bahs olib boradi. O‘ta muhim o‘yinda Eldor Shomurodov asosiy tarkibda maydonga tushishi kutilmoqda. Mazkur uchrashuv 2 mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:00da boshlanadi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA