VI Islom birdamlik o‘yinlari o‘tkazilish sanasi aniq bo‘ldi

188

Avval xabar berganimizdek, Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahri VI Islom birdamlik o‘yinlariga mezbonlik qiladi.

Musobaqa tashkilotchilari o‘yinlarni joriy yilning 7-21 noyabr kunlari o‘tkazilishi haqida ma’lumot berdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston delegatsiyasi “Konya-2021” V Islom birdamlik o‘yinlarida 51 ta oltin, 42 ta kumush, 65 ta bronza jami 158 ta medal qo‘lga kiritib, umumjamoa reytingida ikkinchi o‘rinni egallagan edi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA