Chang‘ichilarimiz Osiyo chempionatida 6 ta medalni qo‘lga kiritdi
153

Xitoyning Yansin olimpiya chang‘i markazida tog‘ chang‘isi bo‘yicha o‘tkazilgan 33-Osiyo chempionatida mamlakatimiz sportchilari 6 ta medalga sazovor bo‘ldi. Shundan 2 tasi oltin, 3 tasi kumush va 1 ta bronza medalidir.
Chempionatning erkaklar o‘rtasidagi musobaqalarida 11 davlat, ayollar bahsida 10 ta mamlakat milliy terma jamoa a’zolari tog‘ chang‘isining tegishli yo‘nalishlari bo‘yicha g‘oliblik uchun kurash olib bordi.
Shiddatli kechgan bahslarda terma jamoamiz a’zolaridan Arman Gayupov va Medet Nazarov o‘z yo‘nalishlarida oltin va kumush medallarni qo‘lga kiritdi. Chang‘ichi qizlarimizdan Sabina Rejepova va Valeriya Kovaleva kumush va bronza medallariga ega chiqdi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA