Yangilanayotgan Mo‘ynoq (+video)

Mamlakatimizning shimoliy hududida – Orol bo‘yida joylashgan Mo‘ynoq tumani rivojlanish bosqichiga kirgan. Tuman markazidagi ravon yo‘llar, qad rostlagan bir-biridan chiroyli uy-joylar har qanday kishining havasini keltiradi.
Prezidentimiz tashabbusi bilan Mo‘ynoqda amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar, xususan Orol dengizining qurigan tubida yashil qoplamalarni barpo etish harakati bugun o‘z samarasini bermoqda.
Rahimboy Rajabov, O‘zA