2025 yil 1 iyulga qadar imkon berildi

135

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Vazirlar Mahkamasining “Shaharsozlik faoliyatida ruxsat berish tartib-tamoillarini takomillashtirishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2023 yil 23 noyabrdagi 619-son qaroriga o‘zgartirish kiritish haqida” qaror qabul qildi.

Unga muvofiq,  Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining ob’ektlar loyihalarini belgilangan tartibda kelishmasdan va hududiy inspeksiyalar ro‘yxatidan o‘tkazmasdan, qurilish-montaj ishlari bajarilgan (qisman yoki to‘liq) bino va inshootlar bo‘yicha tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish va hududiy inspeksiyalar ro‘yxatidan o‘tkazish hamda shu asosda foydalanishga ruxsat berish ishlari 2025 yil 1 iyulga qadar uzaytiriladi.

Qaror bilan Vazirlar Mahkamasining “Shaharsozlik faoliyatida ruxsat berish tartib-taomillarini takomillashtirishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2023 yil 23 noyabrdagi 619-son qarorining 2-bandidagi “2024 yil 1 dekabrdan” so‘zlari “2025 yil 1 iyuldan” so‘zlari bilan almashtiriladi.

Ma’lumot uchun: 

Vazirlar Mahkamasining “Shaharsozlik faoliyatida ruxsat berish tartib-taomillarini takomillashtirishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2023 yil 23 noyabrdagi 619-son qaroriga o‘zgartirish kiritish haqida” 2024 yil 11 noyabrdagi 326-son qaroriga asosan ob’ektlarni hududiy inspeksiyalar ro‘yxatidan o‘tkazish hamda shu asosda foydalanishga ruxsat berish ishlari 2024 yil 31 dekabrga qadar uzaytirilgan edi.

Bugungi kunda respublika bo‘yicha 2 500 dan ortiq ob’ektda qurilish-montaj ishlari ro‘yxatdan o‘tmasdan amalga oshirilayotganligi, shu bois, ayrim hududlarda ijtimoiy, infratuzilma va ishlab chiqarish ob’ektlari, ko‘p qavatli va yakka tartibdagi uy-joylar barpo etilganligi hamda ulardan foydalanilayotganligi (aholi yashayotganligi) sababli ob’ektlarni ro‘yxatdan o‘tkazish muddatini uzaytirish zarurati yuzaga kelgan.

O‘zA