Dzyudochilarimizning raqibi aniq bo‘ldi

28 fevral kuni poytaxtimizda dzyudo bo‘yicha “Katta Dubulg‘a” turkumiga kiruvchi “OTP Group Tashkent Grand Slam” turniri start oladi. Unda dunyoning 23 ta davlatdan 246 nafar polvonlar o‘zaro raqobatlashadi.
2 mart kuniga qadar davom etadigan ushbu nufuzli musobaqaga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unga ko‘ra, dzyudochilarimiz o‘z raqiblarini bilib oldilar. Quyida ushbu qur’a natijasi bilan tanishasiz:
-60 kg: Kamoliddin Baxtiyorov — Nuradil Aljan (Qozog‘iston)
-60 kg: Bahrom Boturov — Lin Chong-Yu (Xitoy Taypeyi)
-60 kg: Murodil Murodillayev — Maksim Taran (Germaniya)
-60 kg: Anvarjon Ibrohimov — Tugol Kanatbek Uulu (Qirg‘iz Respublikasi)
-66 kg: Zamohshari Bekmurodov — Herlen Ganbold (Mo‘g‘uliston)
-66 kg: Abdurahim Nutfulloyev — Yerdaulet Bozsha (Qozog‘iston)
-66 kg: Artyom Shturbabin — Baybol Salamat Uulu (Qirg‘iz Respublikasi)
-66 kg: Muhriddin Tilovov — Deng Su (Xitoy)
-73 kg: Shahram Ahadov — Gabriel Alves Genro (Braziliya)
-73 kg: Hojiakbar Toshev — Maksim Gober (Fransiya)
-73 kg: Asadbek Norbo‘tayev — Ruslan Galavachov (IJF)
-73 kg: Obidxon Nomonov — Yesset Kuanov (Qozog‘iston)
-81 kg: Arslonbek Tojiyev — Van Jiangnan (Xitoy)
-81 kg: Muso Sobirov — Luka Otman (Fransiya)
-81 kg: Suxrob Tursunov — Muhammad Yusufzoda (Tojikiston)/Tegin Almazjan Uulu (Qirg‘iz Respublikasi)
-81 kg: Nodirbek Mavlonberdiyev — Gadjimurod Omarov (BAA)
-90 kg: Nurbek Murtazoyev — Chen Chung-Yuan (Xitoy Taypeyi)
-90 kg: Shahzodxo‘ja Sharipov — Nemanya Majdov (Serbiya)
-90 kg: Azizbek Avazmurodov — Egor Malkin (IJF)
-90 kg: Alisher Samanov — Eniyel Karoli (Fransiya)
-100 kg: Rustam Shorahmatov — Marat Baykamurov (Qozog‘iston)
-100 kg: Ernazar Sarsenbayev — Karomatullo Hakimov (Tojikiston)
-100 kg: Zufarbek O‘rolov — Beybit Madeyev (Qozog‘iston)
-100 kg: Muhammadali Tangriyev — Adam Sangariyev (IJF)
+100 kg: Islombek Ravshanqulov — Yagor Kuharenko (IJF)
+100 kg: O‘tkirbek To‘raboyev — Yang Hao-Ting (Xitoy Taypeyi)
+100 kg: Alisher Yusupov — Yelaman Yergaliyev (Qozog‘iston)
+100 kg: Javohir Murodullayev — Mansur Rahmon (Tojikiston)
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA