Istanbulda Rossiya va AQSH muzokara o‘tkazmoqda

184

Istanbuldagi Amerika bosh konsuli qarorgohida Rossiya va AQSH vakillari o‘rtasida elchixonalar ishi bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha muzokara bo‘lib o‘tyapti.

CNN telekanali davlat departamenti vakiliga tayanib xabar berishicha, mulqotda siyosat yoki xavfsizlik masalasi muhokama qilinmaydi, Ukraina mavzusi ham ko‘tarilmaydi.

Eslatib o‘tamiz, 18 fevral kuni Saudiya Arabistoni poytaxtida bo‘lib o‘tgan yuqori darajadagi Rossiya – Amerika uchrashuvi yakuni bo‘yicha tomonlar hamkorlikni to‘liq tiklash uchun shart-sharoit yaratish, elchixonalar faoliyatidagi cheklovni bekor qilish va Ukraina bilan bog‘liq vaziyatni tartibga solish jarayonini boshlashga kelishib olgan.

Prezident Vladimir Putin muzokara natijasini yuqori baholagan.