Raqamli transformatsiya reytingida Bojxona qo‘mitasi birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi

156

Tashkilotlarda raqamli transformatsiya holatini reyting baholash natijalariga ko‘ra, Bojxona qo‘mitasi 98,9 foiz natija qayd etib, 1 o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Keyingi o‘rinlarni mos ravishda Soliq qo‘mitasi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi egalladi.

Reytingda respublikaning umumiy hisobda 91 ta ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari ishtirok etdi.

Ma’lumot o‘rnida aytish joiz, mazkur reyting Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 15 iyundagi “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatning rivojlanish holatini reyting baholash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan amalga oshirib kelinmoqda.

Tashkilotlarda raqamli transformatsiya holatini reyting baholash ochiqlik va elektron ishtirok, elektron xizmatlar, axborot xavfsizligi hamda faoliyatning raqamlashganligi indekslari asosida amalga oshiriladi.

Sh.Mamaturopova, O‘zA