O‘zbekiston xalqaro suveren xalqaro obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi

237

Iqtisodiyot va moliya vazirligi axborot xizmatining xabar berishicha, O‘zbekiston Respublikasi jahon moliya bozorlarida 1,5 milliard AQSH dollari ekvivalentidagi suveren xalqaro obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi. Ushbu obligatsiyalarga 4,2 milliard dollar miqdorida talab bildirildi.

18-20 fevral kunlari Londonda 7 yillik dollar, 4 yillik yevro va 3 yillik so‘m obligatsiyalari uchun buyurtmalar qabul qilindi.

Umumiy talab quyidagicha shakllandi:

7 yillik dollar obligatsiyalari – 2 milliard dollar, 4 yillik yevro obligatsiyalari – 1,6 milliard yevro, 3 yillik so‘m obligatsiyalari – 7,3 trillion so‘m.

Foiz stavkalari:

7 yillik (500 mln. dollar) obligatsiyalar – 6,95 foiz,

4 yillik (500 mln. yevro) obligatsiyalar – 5,1 foiz,

3 yillik (6 trln.so‘m) obligatsiyalar – 15,5 foiz.

Tushgan mablag‘lar Davlat byudjeti taqchilligini moliyalashtirish, ipoteka dasturini qo‘llab-quvvatlash, uy-joy qurilishi, maktab va bog‘chalar barpo etishga yo‘naltiriladi.

Yevroda joylashtirilgan obligatsiyalar “yashil” maqomiga ega bo‘lib, ulardan tushgan mablag‘lar suv tejovchi texnologiyalar, sanitar tozalash ishlari va ekologik loyihalarni moliyalashtirishga sarflanadi. Ushbu mablag‘larning ishlatilishi xalqaro standartlar asosida hisobot qilib boriladi.

Eslatib o‘tamiz, 2021-2024 yillarda O‘zbekiston 1,2 milliard dollarlik “yashil” va “barqaror rivojlanish” maqomidagi obligatsiyalarni chiqargan. Loyihalarni baholashda BMTning rivojlanish dasturi (UNDP) ishtirok etgan va Sustainalytics mustaqil xulosa taqdim etgan.

N.Ziyodullayeva tayyorladi, O‘zA