Germaniyada saylov natijasi e’lon qilindi
Kecha Germaniyada parlament saylovi bo‘lib o‘tdi. Barcha 299 saylov okrugida qayd etilgan ovozlar hisoblab chiqilgach, Xristian-demokratik va Xristian-sotsial ittifoq (XDI/XSI) birlashmasi 26,8 foiz ovoz bilan yetakchilik qilgani ayon bo‘ldi. “Germaniya uchun muqobillik” o‘ng qanot vakillari 20,8 foiz ko‘rsatkich bilan ikkinchi o‘rinni egallagan.
Kansler Olaf Shols boshchiligidagi sotsial-demokratlar partiyasi 16,4 ovoz olib uchinchi bo‘ldi. “Yashillar” 11,6, “So‘llar” 8,8 foiz ovoz to‘plagan.