O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasiga yangi prezident saylandi
190

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Ustaviga muvofiq, bugun 2025-yil 22-fevral kuni O‘FA prezidentligiga saylov bo‘lib o‘tdi. Unda bosh vazir Abdulla Aripov ishtirok etdi.
O‘FA a’zolari tomonidan O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti lavozimiga Qurbonov Bahodir Nizomovich nomzodi ilgari surildi.
Delegatlar tomonidan Qurbonov Bahodir Nizomovich bir ovozda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti lavozimiga saylandi.
O‘zA