Tramp Shtab boshliqlari qo‘mitasi raisini lavozimidan ozod qildi

AQSH Prezidenti Donald Tramp Qurolli kuchlar Shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi raisi general Charlz Braunni ishdan bo‘shatdi. Bu haqda u ijtimoiy tarmoq orqali ma’lum qilgan.
– General Charlz Braunga mamlakatimiz oldidagi 40 yildan ortiq xizmati uchun minnatdorlik bildirmoqchiman. Zo‘r janob, ajoyib rahbar sifatida unga va oilasiga yorqin kelajak tilayman, – degan Oq uy mezboni.
Amerika yetakchi bo‘shagan lavozimga nomzod sifatida ko‘rsatilayotgan Harbiy havo kuchlari generali Den Keynga quyidagi ta’rifni bergan:
– Tajribali uchuvchi, milliy xavfsizlik bo‘yicha ekspert, muvaffaqiyatli tadbirkor, idoralararo va maxsus amaliyotlarda ulkan tajribaga ega jangchi.