Joze Ramush-Orta: Ukraina betaraf davlatga aylanishi kerak
Sharqiy Timor Prezidenti, tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori Joze Ramush-Orta “RIA Novosti” agentligiga bergan intervyusida Ukrainaning maqomi haqida quyidagi fikrni bildirdi:
– Ukraina, avval ham ko‘p marta aytganimdek, Shveysariya kabi betaraf davlat bo‘lishi zarur. Tasavvur qilaylik, umumiy sarmoyadan, banklardan foyda ko‘ruvchi mamlakat.
Uning so‘zlariga ko‘ra, kelajakda Rossiya va Yevropa bir-biriga yaqinlashishi maqsadga muvofiq.
– Yevropaliklar va ruslarga murojaat qilmoqchiman: bir-biringizga qo‘l cho‘zing, – degan siyosatchi. – Odamlar bir-biriga intilyapti, munosabatni tiklash vaqti keldi.