Yoshlarni yot illatlardan asrash – dolzarb vazifa

139

FOTOREPORTAJ

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida “Yoshlar o‘rtasida giyohvandlik va psixotrop moddalar tarqalishining oldini olish oyligi” doirasida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Tezkor-qidiruv departamenti, Jinoyat-qidiruv xizmati boshqarmasi mas’ul xodimlari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.

Soha vakillari yoshlar o‘rtasida giyohvandlik va psixotrop moddalarning tarqalishi bugunning global muammosi ekanligi, ushbu illat inson salomatligiga zarar yetkazishi bilan birga, yosh avlod kelajagiga katta xavf solishi xususida so‘z yuritdi.

Uchrashuvda mutaxassislar yoshlarning fikr-mulohazalarini tinglab, savollariga atroflicha javob berdi. Giyohvandlik va psixotrop moddalarning salbiy oqibatlari haqida hikoya qiluvchi videorolik talabalar e’tiboriga havola etildi.

Tadbir institutning iste’dodli talabalari va “To‘maris” xalq ansambli ishtirokidagi konsert dasturi bilan davom etdi.

Maqsad HABIBULLAEV(surat),O‘zA