Xitoy animatsion filmi dunyo bo‘yicha eng ko‘p daromad keltirdi

334

Xitoyning “Nezha2” animatsion blokbasteri “Pixar”ning “Golovolomka2” filmini ortda qoldirib, dunyoda bo‘ylab eng yuqori daromadli animatsion kartinaga aylandi.

“Maoyan” chipta platformasi ma’lumotiga ko‘ra, Chin filmi sotuvdan oldingi va xorijdagi tushumni qo‘shib hisoblaganda 1,69 milliard dollar yig‘ib, eng ko‘p daromad keltirgan animatsion filmlar ro‘yxatida sakkizinchi o‘rinni egalladi, deb yozdi “Reuters” agentligi.

Asosan global miqyosda tarqatish strategiyasiga tayanadigan Gollivud kartinalaridan keskin farqli o‘laroq, “Nezha2” asari daromadining 99 foizdan ko‘pi materik Xitoy hissasiga to‘g‘ri kelgan.

2019 yil yaratilgan xitning davomi sifatida, XVI asrda yozilgan “Xudolar sarmoyasi” romani asosida ishlangan bu asarda sehrli kuchga ega qahramon bolakay Chentangguan qal’asini himoya qilishga urinadi.

Sichuanlik Yang Yu suratga olgan mazkur film mamlakat yaqinda nishonlagan Yangi yil bayrami kunlari rekord darajada tomosha qilingan.