Sport – mehnat va sabr-toqatning sinovi

Sportda natijaga erishish uchun mashaqqatli mehnat talab qilinadi. Sport bilan har doim shug’ullanishi va o’z ustida ko’proq ishlashi natijasida yutuqlarga erishiladi. Xo’jayli tumanida yashovchi Islombek Yo’ldashev shunday iqtidorga ega mehnatkash yoshlarning biri desak adashmagan bo’lamiz. 2000-yil 6-iyunda Xo’jayli tumanida tug’ulgan sportchimiz yoshligidan sportining taekvondo turiga qiziqqan. Dastlab u Atabek Abdullaev boshchiligida 7 yoshida taekvondo bilan shug‘ullana boshlagan . Sportchimizning har bir mashg‘ulotda ko‘rsatgan mashaqqatli mehnati uni katta maydonlardagi yutuqlarga yetaklagan. U dastlab tuman , so’ng respublikalarda o’tkazilga chempionatlarda yuqori o’rinlarni egallagan . Keyinchalik 2015- yili O‘zbekiston chempioni unvonini qo‘lga kiritgan va xalqaro maydonda ham o‘zining kuchli sportchi ekanligini isbotlagan. Xususan 2016 yilda Moskvada o‘tkazilgan xalqaro turnirda 3-o‘rin, 2017 yilda Birlashgan Arab Amirliklarida o‘tkazilgan musobaqada 3-o‘rinni egallagan. Shu tarzda mehnati va shijoati uni 2019 yilda Toshkentda o‘tkazilgan Prezident kubogi sari yetaklagan va kubogi musobaqasida kumush medalini qo‘lga kiritgan.
Sportchining shijoati va harakati uni murabbiylik sari yo‘naltirdi. U o’zining bilim va tajribalarini O’zbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport Universiteti nukus filialida malakali o’qtuvchilardan o’rganib o’z malakasini oshirdi . 2023-yilda o’qishni tugatgan U o’zi tarbiya olgan sport maktabida ya’ni Xo’jayli tumanidagi 1- sonli maktabida murabbiylik qila boshlaydi .

Mashqatli mehnati natijasida uning shogirtlari orasida 2024-yilda o’tkazilgan musobaqada Perizat Sapurova 30kg vaznda, Elanora Jangabayeva 26 kg vanzda, Jandarbek Sakenov 22 kg vaznda Qoraqalpog‘iston chempionligin qolga kiritdi . Shogirtlarining g’alabalar sportchilarning emas, balki , ularning murabbiyi Islombek Yo’ldoshevning mehnati natijasidir.Hozirda qo‘l ostida 100 ga yaqin yosh sportchilarni sport bilan shug’ullantirmoqda .
-Mening ularga o’rgatadigan har bir darsim va mashg’ulotlarim, shubhasiz, ularni yangi yutuqlar sari yetaklaydi. Men shogirdlarimni nafaqat sportda, balki hayotda ham muvaffaqiyatga erishishlari uchun kerakli bilim, ko’nikma va ma’naviy kuch bilan ta’minlashga intilaman. Ularning har bir g‘alabasi meni yanada ilhomlantiradi va bu jarayonni davom ettirishga undaydi. Ularning muvaffaqiyati, shuningdek, menga yanada kuch bag’ishlaydi ,- deb takidlaydi Islombek Yo’ldoshev.

Yosh sportchilarning qo’lga kiritgan yutuqlari murabiyining tinimsiz harakatining samarasidir . Sport mehnat va sabr toqatning sinovi degani shu bo’lsa kerak.
Fotima Bo’ranboyeva,
QDU Jurnalistika ta’lim yo’nalishi 2- bosqich talabasi.
Qaraqalpaqstan axborot agentligi