Prezident raisligida videoselektor yig‘ilishi davom etmoqda.

Maktab o‘quvchilarini sportga jalb etishning bugungi holati ham talab darajasida emasligi ko‘rsatib o‘tildi.

Endi har bir maktabda yakkakurash va jamoaviy olimpiya sport turlari bo‘yicha kamida 1 tadanto‘garak bo‘lishi shartligi belgilandi.

Buning uchun Sport vazirligi o‘z tizimidagi barcha sport maktablari trenerlarini umumta’lim maktablaridagi jismoniy tarbiya o‘qituvchilariga biriktiradi.

Federatsiyalar har bir tumanda bittadan umumta’lim maktabini tanlab, o‘z yo‘nalishidagi sportturiga moslashtiradi. Ularni malakali murabbiy va sport inventarlari bilan ta’minlaydi.

Maktablar o‘rtasida olimpiya sport turlari bo‘yicha musobaqalar tashkil qilinadi.

Eng yaxshi natijako‘rsatgan o‘quvchilar seleksiya qilib boriladi, maktablar esa kerakli sport inventari bilan ta’minlanadi.

Natija ko‘rsatgan jismoniy tarbiya o‘qituvchilari alohida rag‘batlantiriladi.

O‘zA