Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik bo‘yicha birinchi marta bunday katta yig‘ilish o‘tkazilayotgani qayd etildi

Prezident raisligida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda ta’kidlanganidek, sport sohasini shunchaki o‘yin va musobaqalar emas, millat genofondi, mamlakatning qudrati va obro‘-e’tiborini butun dunyoga tarannum etadigan eng ta’sirchan vosita, eng ustuvor vazifa deb bilishimiz shart.
Shu bois Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik bo‘yicha birinchi marta bunday katta yig‘ilish o‘tkazilayotgani qayd etildi.
Islohotlarning ilk kunlaridanoq boshqa sohalar qatori jismoniy tarbiya va sport rivojiga ham katta e’tibor berilmoqda.
So‘nggi to‘rt yilda byudjetdan sportga ajratilayotgan mablag‘ 1,5 trillion so‘mdan 3 trillion so‘mga oshdi, murabbiylarning o‘rtacha maoshi 2 barobar ko‘paydi, 101 ta yirik sport ob’ektlari yangidan qurildi, 67 tasi rekonstruksiya qilindi.
Sportchilarimizning Parijda erishgan yutuqlari bu islohotlarning yorqin natijalari hisoblanadi.
Eng asosiysi, bu natijalar yoshlarimizni, ota-onalarni sportga bo‘lgan munosabatini o‘zgartirdi. Ko‘p yoshlarimizda “Men ham chempion bo‘laman”, degan shijoat paydo bo‘ldi.
O‘zA