Amputant futbolchilarimiz – Osiyo chempioni
203
Bangladesh poytaxti Dakka shahrida o‘tkazilgan amputantlar futboli bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.
O‘zbekiston termasi ilk turda Indoneziyani 8:1, ikkinchi turda Nepalni 13:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Uchinchi turda futbolchilar mezbon Bangladeshga qarshi maydonga chiqdi va 3:0 hisobida taslim qildi. Guruh bosqichining so‘nggi turida Iroqni ham 3:0 hisobida yutdi.

Terma jamoamiz bugun, 12 fevral kuni Osiyo chempionatining hal qiluvchi final uchrashuvida Indoneziya terma jamoasiga qarshi maydonga tushdi. Finalda hamyurtlarimiz Indoneziyani 6:0 hisobida mag‘lub etib, Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA