Butunjahon boks kengashi (WBC) super yarim o‘rta vazn toifasidagi bokschilarning yangilangan reytingini e’lon qildi. Unga ko‘ra, Hamyurtimiz Isroil Madrimov o‘tgan galgi o‘rnidan bir pog‘ona yuqorilab, ikkinchi o‘rindan joy oldi. Ushbu vazn toifasida ukrainalik bokschi Sergey Bogachuk (25-2, 24 KO) peshqadamga aylanib oldi. Bunga Errol Spensning (28-1, 22 KO) reytingdan chetlatilishi sabab bo‘lgan.

Quyida WBC reytingi top-10 taligi bilan tanishasiz:

1.Sergey Bogachuk

2. Isroil Madrimov

3. Ksander Zayas

4. Charlz Konvell

5. Xesus Ramos

6. Kallum Uolsh

7. Ermal Gadribyaj

8. Bakari Samake

9. Yoenis Telles

10. Abbas Barau.

Ma’lumot o‘rnida: mazkur vaznda chempionlik kamari amerikalik Sebastyan Fundoraga (21-1-1, 13 KO), vaqtinchalik kamar esa Virjil Ortisga (22-0, 21 KO) tegishli bo‘lib turibdi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA