Moskva Markaziy Osiyodagi hamkorlarning migratsiya sohasidagi muammolar bilan bog‘liq barcha so‘rovlarini ko‘rib chiqmoqda, huquq-tartibot idoralari tomonidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan tushuntirish bermoqda, dedi Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mixail Galuzin “RIA Novosti” agentligiga bergan intervyusida.

– Birinchi navbatda hamkorlarimiz migrantlar va fuqarolarimiz xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan qoidalarni tartibga solish masalasiga yondashuvimizni tushunishlarini xohlaymiz, – dedi u. – O‘z navbatida, biz hamkasblarimizning sohadagi muammolarga doir har qanday so‘rovini diqqat bilan o‘rganamiz. Moskva Rossiya huquq-tartibot idoralari tomonidan qabul qilinayotgan qarorlar bo‘yicha “to‘liq tushuntirish” berishga harakat qilmoqda.

Fevral oyida RF mamlakatda qonunga zid yurgan chet elliklar uchun qat’iy migratsiya rejimini kuchga kiritdi. Endi bunday muhojirlar nazorat ostidagi shaxslar reyestriga kiritiladi va qator cheklov, taqiqlarga uchraydi. Avvalroq Davlat Dumasi raisi Vyacheslav Volodin migratsiya qonunchiligini takomillashtirish quyi palata faoliyatining ustuvor yo‘nalishi ekanini ta’kidlagandi. Uning fikricha, ayni sohada qat’iy nazorat zarur.