Tramp po‘lat va alyuminiyga 25 foiz tarif joriy qilmoqchi

AQSH Prezidenti Donald Tramp savdo siyosatini qayta ko‘rib chiqish jarayonida yuzaga kelgan keskin vaziyat asnosida chetdan kirib keladigan po‘lat va alyuminiyga 25 foizlik yangi soliq tartibini yo‘lga qo‘ymoqchi. Bu haqda “Reuters” yozgan.
Qo‘shma Shtatlar uchun temir importining yirik manbalari Kanada, Braziliya, Meksika, Janubiy Koreya va Vetnam hisoblanadi. Masalan, suv energetikasiga boy shimoliy qo‘shni alyuminiy yetkazib beruvchi birlamchi hamkor sifatida 2024 yil jami importning 79 foizini qoplagan.