Kasbiga sadoqatli patronaj hamshirasi
FOTOREPORTAJ
Nukus shahar tibbiyot birlashmasiga qarashli 10-oilaviy poliklinikasi “Teleoray” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 21 ming 300 dan ziyod aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatadi. Muassasada o‘z kasbiga sadoqatli, fidoyi tibbiyot xodimlari mehnat qilmoqda. Ulardan biri – patronaj hamshirasi Zaure Matniyozova sohada 30 yillik ish tajribasiga ega.
Z. Matniyozova hozirda poliklinikaning 5-tibbiy brigadasi tarkibida oilaviy shifokor, amaliyotchi, patronaj va doya hamshiralar bilan birgalikda, oilalarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, salomatlikni mustahkamlash borasida samarali ish olib bormoqda.
– Patronaj hamshira sifatida doim xalq ichidaman, – deydi Z. Matniyozova. – Ularning dardiga, quvonchiga sherikman. Hamkasblarim bilan aholi orasida yurib, ular bilan yaqindan muloqot qilamiz, bemorlar holidan xabar olamiz. Shuningdek, yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olish bo‘yicha targ‘ibot o‘tkazishga e’tibor qaratamiz. Aholi salomatligini muhofaza qilishda oz bo‘lsada hissam borligidan faxrlanaman.
Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA