Qoraqalpog‘istonlik sportchi oltin medal sohibasi

196

Rossiya Federatsiyasi Volgograd shahrida qilichbozlik bo‘yicha bo‘lib o‘tgan mamlakat birinchiligida qoraqalpog‘istonlik sportchi muvaffaqiyatli ishtirok etib, yaxshi natijaga erishdi.

Xususan, Nukus olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi o‘quvchi-sportchisi Nargiza Utebayeva mazkur birinchilikda qilichbozlikning sablya yo‘nalishi bo‘yicha finalda rossiyalik sportchi Aleksandra Sentyushkina bilan bahslashdi. Natijada 15:10 hisobida g‘alaba qozongan qoraqalpog‘istonlik sportchi oltin medal sohibasi bo‘ldi.

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri