Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishida Toshkent shahridan Yangiyo‘l, Chinoz va Sirdaryo tumanlariga qatnaydigan zamonaviy elektropoyezd harakatini yo‘lga qo‘yish ishlarini jadallashtirish zarurligi qayd etildi.

Hozirda temir yo‘l xizmatlari eksportining 50 foizi tranzit yuk tashishga to‘g‘ri kelmoqda.

Bu borada 2030 yilga borib, tranzit yuk hajmini 22 million tonnaga yetkazish reja qilingan.

Shu bois mutasaddilarga 72 ta zamonaviy yo‘l bo‘yi servis ob’ektlarini qurish uchun avtomobil yo‘llari yoqasidagi bo‘sh yerlarni tadbirkorlarga berib, ishga tushirish topshirildi.

Yirik multimodal logistika markazlari sonini 2 karra ko‘paytirish bo‘yicha uch yillik dastur qabul qilib, ishlarni boshlash vazifasi qo‘yildi.

O‘zA