Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi davom etmoqda.

Servisni rivojlantirishda qulay transport infratuzilmasi juda muhim.

O‘tgan yili transport xizmatlari 8,6 foizga o‘sib, 145 trillion so‘mni tashkil qildi. Lekin yuqori iqtisodiy o‘sish uchun bu yetarli emasligi qayd etildi.

Mahalliy ekspeditorlarning xalqaro tashishdagi ulushini oshirish uchun ular QQS to‘lashdan ozod etildi. Buning hisobiga Transport vazirligi mahalliy korxonalar ulushini bu yil 25 foizga, 2026 yilda 50 foizga olib chiqishi zarur.

“Yevro-5” va undan yuqori ekologik talabga mos yuk avtomobillari yana 3 yilga bojxona boji va utilizatsiya yig‘imidan ozod qilinishi belgilandi.

Xususiy aviakompaniyalar bilan ishlab, Samarqand, Buxoro, Urganch, Nukus, Termizga aviaqatnovlarni 2 karra oshirish, bu yil 15 million yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatib, aviatsiya xizmatlari hajmini kamida 20 foizga oshirish zarurligi qayd etildi.

O‘zA