50 ta tumanlararo yo‘l infratuzilmasi yaxshilanadi

188

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishida bu yildan tumanlarda servisni rivojlantirish bo‘yicha yangicha yondashuv bo‘lishi aytildi.

Hududlarda 1 ming 156 ta “drayver” loyiha tanlab olinib, tasdiqlandi. Bu loyihalar infratuzilmasiga 1 trillion so‘m beriladigan bo‘ldi.

Buning hisobiga tadbirkorlar bilan birgalikda joriy yilda 72 ta sohil bo‘yi dam olish maskanlarini ishga tushirish, 62 ta istirohat bog‘larini zamonaviy qiyofaga keltirish, 154 ta tunu-kun ishlaydigan turizm va gastronomik ko‘chalarni tashkil qilish, 364 ta yo‘l bo‘yi va boshqa servis ob’ektlarini barpo qilish rejalashtirilgan.

Magistral va mahalla ichki yo‘llariga katta e’tibor berilmoqda. Lekin xizmatlar rivojiga katta turtki beradigan tumanlararo yo‘llar masalasi ochiq qolmoqda.

Shu munosabat bilan hokimliklar oldiga 50 ta tumanlararo yo‘l infratuzilmasini yaxshilash vazifasi qo‘yildi.

O‘zA