Turizm va servis joylarini kechqurun ham ishlaydigan qilish kerakligi aytildi
202
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi davom etmoqda.
So‘nggi yillarda tungi iqtisodiyotni rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda.
Olmazor tumanidagi 17 ta ko‘chadan o‘tgan 7,3 kilometr uzunlikdagi yo‘lni gastronomik ko‘chaga aylantirish loyihasi ma’qullandi. Ushbu ko‘chada 250 ta savdo va servis ob’ektlari tashkil qilinib, kamida 1,5 ming ish o‘rni yaratiladi.
Poytaxtdagi yana 26 ta ko‘chani tunu-kun ishlaydigan gavjum ko‘chaga aylantirish, 24 soat ishlaydigan savdo nuqtalarini 1 mingtaga ko‘paytirish mumkinligi ko‘rsatib o‘tildi.
Turistlar bildirgan fikrlarni inobatga olib, turizm va servis joylarini kechqurun ham ishlaydigan qilish kerakligi ta’kidlandi.
O‘zA