Oxirgi uch yilda 3 mingta ko‘p qavatli uy foydalanishga topshirildi, 38 million kvadrat metr noturar joylar paydo bo‘ldi

180

Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.

Developerlarga yangi massivlar hududining 10-15 foizini noturar toifaga o‘tkazishga ruxsat berildi. Ular bu mulkni sotishdan, savdo va servis tarmoqlari esa ijaraga yoki lizingga olishdan manfaatdor. Lekin ularni bir-biriga bog‘lovchi tizim yo‘q.

Bu borada banklarning developerlardan mulklarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotib olish va tadbirkorlarga qulay shartlarda ijara yoki lizingga berish taklifi ma’qullandi.

Bu orqali 50 ming kvadrat metrli noturar joylar muomalaga kiradi, byudjetga 70 milliard so‘m tushum va 100-150 ming ish o‘rni yaratiladi. Eng muhimi, lizing shartlari ijaraga nisbatan kamida 15-20 foiz arzon bo‘ladi.

Mutasaddilarga developerlar bilan ishlab, noturar joylarni o‘ziga biriktirilgan sohalarda lizingga berish bo‘yicha 4 trillion so‘mlik loyihalar paketini tayyorlash topshirildi.

O‘zA