Avtotransport vositalarining Davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktidan harakatlanish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi

182

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Makamasi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasi orqali jismoniy shaxslar harakatlanishi hamda ular tomonidan tovar va transport vositalarini olib o‘tish jarayonlarini yanada soddalashtirish to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

Unga muvofiq:

“Elektron navbat” avtomatlashtirilgan axborot tizimidan foydalangan holda, avtotransport vositalarining Davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktidan harakatlanish tartibi to‘g‘risidagi nizom;

Jismoniy shaxslarning Davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktidan harakatlanishida “Fast-track” xizmatidan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom;

“Elektron navbat” avtomatlashtirilgan axborot tizimi birinchi navbatda joriy etiladigan Davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlari ro‘yxati tasdiqlandi.

2025 yil 1 maydan:

jismoniy shaxslar uchun “Fast-track” avtomatlashtirilgan axborot tizimi mazkur qarorda qayd etilgan chegara o‘tkazish punktlarida amaliyotga joriy etiladi;

avtotransport vositalari uchun “Elektron navbat” avtomatlashtirilgan axborot tizimi mazkur qarorda qayd etilgan chegara o‘tkazish punktlarida, respublikaning qolgan chegara o‘tkazish punktlarida esa avtotransport vositalarining harakatlanish oqimidan kelib chiqib, bosqichma-bosqich joriy etiladi.

O‘zA