Jahon chempionati ishtirokchisi

Jizzax viloyatida shaxmat bo‘yicha 8, 10 va 12 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasidagi rapida, standart yo‘nalishlari hamda blits bahslari bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi.
Unda 8 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasida ishtirok etgan Taxiatosh tumani sport maktabining tarbiyalanuvchisi Larina Zarina raqiblariga imkoniyat qoldirmay, oltin medalni o‘z hisobiga yozib qo‘ydi. U shaxmatning standart turidan muddatidan oldin mamlakat chempioni unvoniga erishib, jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan edi. Shuningdek, ushbu chempionat bahslarida shaxmatning rapida yo‘nalishi bo‘yicha bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Shu asosda hamyurtimiz jahon chempionatida shaxmatning 3 ta yo‘nalishi bo‘yicha ishtirok etadigan bo‘ldi.
Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri