Londonda Markaziy Osiyo yoshlari sammiti bo‘lib o‘tdi

157

Londonda joylashgan “King‘s College” universitetida Markaziy Osiyo yoshlari I sammiti o‘tkazildi. Tadbirda jami 250 dan ziyod ishtirokchi, 5 mamlakat elchixonasidan vakillar, shuningdek yosh liderlar va tajribali mutaxassislar to‘plandi.

Sammit faol yoshlarga Markaziy Osiyo davlatlari hamkorligini yanada mustahkamlash uchun o‘zaro tajriba almashish, mintaqa kelajagi yuzasidan ilmiy va madaniy munozara o‘tkazish hamda ta’lim, siyosat, sport sohalarida fikr almashish imkonini berdi.

Tadbirda “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori professor Adham Bekmurodov ta’lim sohasidagi sheriklik ko‘lamini kengaytirishga oid fikrlarini bildirdi. Muhokama jarayonida aloqalarni mustahkamlashda ta’limning alohida o‘rni bir ovozdan ta’kidlandi.

Sammit doirasida Markaziy Osiyo elchilari bilan ochiq muloqot uyushtirildi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Mintaqadagi siyosiy holat haqida fikr almashishdi. Xullas, yoshlar o‘z bilimini mustahkamlab olishdi, mintaqaviy muammolarni yechishga doir yangi amaliy ko‘nikmalar o‘zlashtirishdi.

Anjumanda jamg‘arma stipendiatlari ham faollik ko‘rsatishdi.