Shahram polvon “Katta dubulg‘a” g‘olibiga aylandi

135

Fransiyaning Parij shahrida dzyudo bo‘yicha “Katta dubulg‘a” turnirining ilk kunida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari bittadan oltin va bronza medallariga sazovor bo‘ldi.

Turnirning -73 kg. vazn toifasida kurashgan Shahram Ahadov so‘nggi hal qiluvchi final bahsida kosovalik Akil Gjakovani taslim etdi va oltin medalni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, yosh dzyudochilarimizdan biri Bahrom Boturov vazni -60 kg. Bo‘lgan polvonlar orasida bronza medali bilan taqdirlandi.

Bugun, 2 fevral kuni mazkur musobaqaning vazni 100 kilogrammdan ortiq bo‘lgan dzyudochilar bahsida hamyurtimiz O‘tkirbek To‘raboyev bahslarga kirishadi. U dastlabki bosqichda mezbonlar vakili Amadu Meyte bilan kuch sinashadi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA