O‘zbekiston U20 terma jamoasi navbatdagi nazorat o‘yinini o‘tkazdi
151

Farhod Nishonov boshchiligidagi O‘zbekiston U20 terma jamoasi Xitoyda Osiyo kubogiga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.
Futbolchilarimiz mazkur yig‘in doirasida xitoylik tengdoshlariga qarshi nazorat o‘yinini o‘tkazdi. Uchrashuvning asosiy vaqtida 2:2 hisobi qayd etildi. Shundan so‘ng jamoalar o‘zaro penaltilar seriyasida ishtirok etdi va unda yoshlarimiz 5:4 hisobida g‘alaba qozondi.


Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 6-23 fevral kunlari Xitoyda futbol bo‘yicha U20 yosh toifasida Osiyo kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston U20 terma jamoasi “S” guruhida Yaman, Indoneziya va Eron termalari bilan raqobatlashadi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA