AQSHda halokatga uchragan samolyotning qora qutilari topildi

155

AQSH Milliy Transport xavfsizligi kengashi (NTSB) Vashington yaqinida vertolyot bilan to‘qnashib, daryoga qulagan yo‘lovchi samolyoti parvoziga doir ma’lumotlarni yozib olgan “qora qutilar” topilgani haqida xabar berdi.

“USA Today” ma’lum qilishicha, Potomak daryosida qidiruv olib borgan ekipajlar fojia yuz bergan lahzalardagi holatlarni aniqlashda muhim ahamiyat kasb etadigan ovoz yozish qurilmasi va boshqa ma’lumotlarni qayd etish moslamasini topdi.

Qora qutilar sinov uchun laboratoriyaga olib ketilganini bildirgan NTSB vakili Piter Knudsoning so‘zlariga ko‘ra, samolyot sahnida boshqa yozuv apparatlari bo‘lmagan. Shunga qaramay, mavjud ma’lumotlar halokat sababini yuzaga chiqarishi kutilyapti.

Eslatib o‘tamiz, 29 yanvar kuni AQSH poytaxtining Ronald Reygan nomli xalqaro aeroporti yaqinida yo‘lovchi samolyoti va harbiy vertolyot samoda to‘qnashgan. “American Airlines” havo kemasida 60 yo‘lovchi va to‘rt nafar ekipaj a’zosi, vertolyotda esa uch kishi bo‘lgan. Potomak daryosiga qulagan uchoqda omon qolganlar haqida hozircha ma’lumot yo‘q.

Darvoqe, Prezident Donald Tramp “mazkur baxtsiz hodisaning oldini olish mumkin edi” mazmunida fikr bildirgan.