Dzyudochilarimiz Parijga yo‘l oldi
264

Ertaga Fransiya poytaxti Parij shahrida “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi yangi mavsumning ilk nufuzli turniri boshlanadi. Har bir vaznda dunyoning eng kuchli dzyudochisi bo‘lishga da’vogarlar turnirining mukofot jamg‘armasi 154 ming yevroni tashkil etmoqda.
53 mamlakatning 300 nafardan ziyod vakillari ishtirok etadigan mazkur musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Bahrom Boturov, Shahram Ahadov va O‘tkirbek To‘raboyev g‘oliblik uchun kurash olib boradi.
Bugun, 31 yanvar erta tongda Iskandar Rasulov va Sanjar Usmanaliyev murabbiyligidagi mamlakatimiz sportchilari Parijga yo‘l oldi.
Xalqaro turnir 2 fevralga qadar davom etadi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA