Yalpi ichki mahsulot hajmi bo‘yicha hududlar reytingi e’lon qilindi
431
2024 yilda joriy narxlarda hududlarning yalpi hududiy mahsuloti hajmi ma’lum qilindi. Bu haqda Statistika agentligi ma’lumot berdi. Unda Toshkent shahri 281,1 trillion so‘m bilan yaqqol peshqadam bo‘lib turibdi.
Unga ko‘ra, Toshkent shahri — 281,1 trillion so‘m, Toshkent viloyati — 146,4 trillion so‘m, Navoiy viloyati — 117,3 trillion so‘m, Samarqand viloyati — 99,9 trillion so‘m, Farg‘ona viloyati — 91,3 trillion so‘m, Andijon viloyati — 90,5 trillion so‘m, Qashqadaryo viloyati — 80,7 trillion so‘m, Buxoro viloyati — 71,6 trillion so‘m, Namangan viloyati — 68,9 trillion so‘m, Surxondaryo viloyati — 54,4 trillion so‘m, Xorazm viloyati — 51,3 trillion so‘m, Qoraqalpog‘iston R. — 45,7 trillion so‘m, Jizzax viloyati — 43,1 trillion so‘m, Sirdaryo viloyati — 28 trillion so‘m.
Sh.Mamaturopova,
O‘zA