Vashington osmonidagi halokatda omon qolganlarni qidirish natija bermayapti

201

Vashingtondagi Ronald Reygan nomli xalqaro aeroport yaqinida, Potomak daryosi uzra samolyot va vertolyot to‘qnashib ketishi oqibatida kelib chiqqan havo halokati haqida xabar bergan edik. Afsuki, qutqaruvchilar haligacha qurbonlar orasidan tirik qolganlarni topa olmagan.

– Qutqaruv ishlari davom etyapti, biroq hozircha omon qolgan biror kishi suvdan olib chiqilmadi, – deyilgan CNN telekanali huquq-tartibot idoralaridagi manbaga tayanib tarqatgan xabarda. – Ta’kidlanishicha, parchalangan samolyot qoldiqlari akvatoriya bo‘ylab sochilib ketgan.