Tarixiy obidalar prokuratura nazoratida

Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi tomonidan tarixiy obidalar sohasiga oid faoliyat va qonun hujjatlari ijrosi doimiy nazoratga olingan.
Tarixiy obidalarni asrash har qanday jamiyatning madaniy va ma’naviy merosini kelajak avlodlarga yetkazishdagi muhim vazifalardan biridir.

Mo‘ynoq tumanida o‘ndan ortiq, Qo‘ng‘irot tumanida ellikdan ortiq madaniy meros ob’ekti qatoriga kiritilgan tarixiy va diqqatga sazovor joylar mavjud. Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurorining o‘rinbosari Sh.Muhamatov rahbarligidagi ishchi guruh ushbu madaniy meros ob’ektlarining saqlanish ahvolini o‘rgandi.
O‘rganish natijasida hududlardagi madaniy meros ob’ektlari va boshqa tarixiy bino va inshootlarni tegishli soha mutaxassislarini jalb qilgan holda, to‘liq xatlovdan o‘tkazilishi qayd etildi. Ularning tarixiy ahamiyatini belgilash, ro‘yxatini yangilash va turizm salohiyatidan samarali foydalanish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilandi.
Dovud Abibullayev,
O‘zA muxbiri