O‘zbekiston va Indoneziya ot sporti bo‘yicha o‘zaro hamkorlik qiladi
197

Indoneziyaning Jakarta shahrida O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi hamda Indoneziyaning ot sporti federatsiyasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.
O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi raisi Bahromjon G‘oziyev va Jakarta ot sporti federatsiyasi bosh kotibi Adina Yuanita tomonidan imzolangan memorandumda xalqaro tajriba almashish, yosh sportchilarni qo‘llab-quvvatlash va ular uchun yangi imkoniyatlar yaratish, qo‘shma musobaqalar va tadbirlar tashkil etish, ot sporti bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari va seminarlar o‘tkazish, mazkur sportni rivojlantirishda yangi imkoniyatlar yaratish nazarda tutilgan.
Bu kabi kelishuvlar har ikki davlatning nafaqat sport sohasidagi, balki madaniy va iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashga ham xizmat qiladi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA