Tramp Rossiya – Ukraina muammosini qachon hal qiladi?

202

AQSH Prezidenti Donald Tramp Rossiya – Ukraina mojarosini shu yil bahorgacha hal qilish niyatida, deb yozdi Britaniyaning “Independent” gazetasi.

Xabarda aytilishcha, Oq uy rahbari rejasini amalga oshirish uchun Kiyev va Moskva bilan alohida-alohida ish olib borayotgan bo‘lishi mumkin.

Avvalroq “The Wall Street Journal” Tramp o‘zining Ukraina bo‘yicha maxsus vakili Keyt Kellogga Moskva va Kiyev mojarosini 100 kun ichida hal qilish bo‘yicha ko‘rsatma bergani, ammo bu borada muvaffaqiyatga erishilishiga, deyarli, hech kim ishonmayotgani haqida yozgan edi.

– Rossiya Ukraina bilan mojaro masalasida Amerikaning yangi ma’muriyati bilan muloqot uchun ochiq, – degan Prezident Vladimir Putin Oq uy bu yo‘lda boshlagan sa’y-harakatga munosabat bildirarkan. – Kelishuvdan maqsad qisqa muddatli sulh emas, balki uzoq muddatli tinchlik bo‘lishi kerak.