Tramp Kolumbiyaga sanksiya joriy qilmoqchi

Prezidenti Donald Tramp o‘z ma’muriyatiga deportatsiya qilingan muhojirlarni olib ketayotgan AQSH harbiy samolyotlarini qabul qilishdan bosh tortgani uchun Kolumbiyaga qarshi bir qator sanksiyalar qo‘llash buyurilganini ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Amerika milliy xavfsizligiga zarar yetkazadigan bu harakat uchun jiddiy qarshi choralar ko‘riladi. Masalan, AQSHga kiruvchi har qanday tovar uchun 25 foiz favqulodda tarif, Kolumbiya hukumati amaldorlari va ularning barcha ittifoqchilari, tarafdorlariga sayohatni taqiqlash va vizalarini darhol bekor qilish, barcha partiya vakillari, oila a’zolari va hukumat tarafdorlariga qarshi viza sanksiyasi joriy etish ko‘zda tutilmoqda.
– Bu faqat boshlanishi, – degan Tramp.
Eslatib o‘tamiz, yangi Prezident AQSH noqonuniy muhojirlardan tozalanishi, jumladan mamlakat hududidagilar chiqarib yuborilishini bildirgan.